Yarim himoyachi Serxio Buskets 2023-yilda Shimoliy Amerikaga yo‘l olishi mumkin.
Jurnalist Fabrisio Romaning yozishicha, futbolchi yangi mavsumni “Barselona” safida o‘tkazadi. U Xavi loyihasining muhim figuralaridan biri.
Ammo yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti. 2023-yilda erkin agentga aylanadigan Busketsga MLS klublari qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon aloqaga chiqqan.
Serxio 2008-yildan buyon “Barselona”ning asosiy tarkibida to‘p surib keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)