“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silvaning agenti mijozining “Barselona”ga transfer qilinishi bo‘yicha ishlayapti, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
4-iyul kuni kataloniyaliklar prezidenti Xoan Laporta Jorje Mendeshni kechki ovqatga taklif qilgan va uchrashuvning katta qismi portugaliyalik futbolchining “ko‘k-anorranglilar” safiga o‘tish ehtimoliga bag‘ishlangan.
“Barselona” Frenki de Yong sotuvidan tushgan pullarga 27 yoshli futbolchini xarid qilishi mumkin. Ammo “shaharliklar” yarim himoyachi uchun 100 million yevro atrofida pul talab qilgani bois, kataloniyaliklar ularni arzon narxga ko‘ndirishga urinishi yoki budjetidan kattaroq pul ajratishi mumkin.
Shuningdek, Silvaning maoshi “Barselona” qo‘ygan chegaralardan oshib ketmasligi ham muhokama qilingan.
Avvalroq Bernarduning o‘zi ham “ko‘k-anorranglilar” safida to‘p surishni xohlayotgani xabar qilingandi. portugaliyalik futbolchi bolalik davridan beri katalon klubida to‘p surishni orzu qilishi ma’lum bo‘lgandi.
Ortda qolgan mavsumda 27 yoshli futbolchi “Manchester Siti” safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va yettita golli uzatma muallifiga aylandi.
Izoh (0)