“Chelsi” o‘z himoyachisi Sezar Aspilikuetani qanchaga sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Evening Standard nashrining xabariga ko‘ra, “ko‘klar” ispaniyalik himoyachi uchun 7 million funt so‘ramoqda. Ma’lumot uchun, londonliklar 2012-yilda Sezarni sotib olishga shuncha pul sarflagan. Ushbu transferga qiziqish bildirayotgan “Barselona” tufayli narx pasayishi mumkin.
Aspilikueta “ko‘k-anorranglilar” bilan kelishuvga erishgan. Himoyachi kataloniyaliklar bilan 2 yillik shartnoma va yiliga 11 million funt maosh borasida kelishib olgan.
Sezar o‘z kelajagini murabbiy Tomas Tuxel bilan muhokama qilgan. Nemis murabbiyi 32 yoshli himoyachini qo‘yib yuborishni istamaydi, ammo “Manchester Siti”dan Natan Ake xarid qilinsa, ushbu transferga ruxsat berishi mumkin.
Izoh (0)