“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Kicker nashrining xabariga ko‘ra, “Bavariya” angliyalik hujumchi transferiga qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Robert Levandovskiga o‘rinbosar izlamoqda.
Keynning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi ushbu yozda sotib olish qiyin bo‘ladi. Bir yildan so‘ng uni arzonroqqa sotib olish mumkin bo‘ladi.
28 yoshli hujumchi 2021/22-yilgi mavsum APLda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)