Baxtiyor Ashurmatov “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqardi.
Qo‘qonliklar matbuot xizmatiga ko‘ra, klub va Baxtiyor Ashurmatov o‘rtasidagi bitim har ikki tomonning roziligiga ko‘ra bekor qilingan. Baxtiyor Ashurmatov 2019-yilning so‘ngida jamoani bosh murabbiy sifatida qabul qilib olgandi. 2020-yilgi mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z tarixidagi eng yuqori natijani takrorladi. Ashurmatov boshchiligidagi jamoa Superligada 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Endilikda Ashurmatovning o‘rnini Davron Fayziyev egallaydi. Fayziyev bunga qadar jamoa murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi. “Qo‘qon-1912” 10-iyuldan boshlab Davron Fayziyev boshchiligida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Izoh (0)