Usmon Dembele “Barselona” bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, 25 yoshli fransiyalik erkin agent sifatida 2024-yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekishga rozi bo‘lgan.
Usmonning maoshi 40 foizga qisqarib, Ansu Fatiniki bilan tenglashtiriladi.
Bitimni yakunlash uchun faqat klub rahbariyatining roziligini kutish qolgan. Qayd etish kerak, Dembelening jamoa bilan shartnomasi 1-iyul kuni o‘z nihoyasiga yetgandi.
Futbolchi o‘tgan mavsumda “Barselona” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)