“Derbi Kaunti”ning sobiq bosh murabbiyi Ueyn Runi MLS klubini boshqarishga yaqin turibdi. Bu haqda The Times’ga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Angliyalik murabbiy “Di-Si Yunayted”ni boshqarishi mumkin. U mazkur jamoada futbolchi sifatida ham harakat qilgan. Vashington klubi yangi bosh murabbiy izlamoqda va asosiy da’vogarlar qatorida Runi ham bor.
Ueyn Runi 24-iyun kuni “Derbi Kaunti” bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qilgandi. U jamoani 2021-yil yanvar oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida “Derbi Kaunti” muddatidan avval Chempionshipni tark etdi. Mavsum davomida “Derbi” moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirdi.
Mavzuga doir: Harri Keyn Angliya terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Charltonni ortda qoldirdi. Faqat bir futbolchi undan oldinda
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)