O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi so‘nggi o‘yinlar yuzasidan 26-iyun kuni o‘z qarorlarini e’lon qildi.
“Olimpik” va “OKMK” jamoalari o‘rtasida o‘tgan Superliga 12-turidagi o‘yinda (1:0) sodir bo‘lgan vaziyat bo‘yicha qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, “OKMK” himoyachisi Sardor Rahmonov ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan va jarimaga tortilgan. Qayd etilishicha, olmaliqliklar himoyachisi raqib futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat sodir etgan, natijada ommaviy janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
Avvalroq Milliy gvardiya mazkur vaziyat yuzasidan bayonot bergan va holat o‘z vaqtida nazorat ostiga olinganini ma’lum qilgandi.
“Lokomotiv” — “So‘g‘diyona” uchrashuvida mezbonlar vakili Kaxi Maxaradze to‘psiz vaziyatda raqibga nisbatan qo‘pol harakat qilgan va qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan. Tartib-intizom qo‘mitasi futbolchini ikkita o‘yinga chetlatdi va jarima chorasini qo‘lladi.
Izoh (0)