Yarim himoyachi Garet Beyl faoliyatini “Los-Anjeles”da davom ettiradi.
The Athletic’ning xabar berishicha, uelslik futbolchi MLS klubiga o‘tishga rozilik bergan. U bir yilga uzaytirish sharti bilan 18 oylik bitimga imzo chekdi.
Beyl bilan muzokaralar yakuniy bosqichda.
Avvalroq “Los-Anjeles” “Yuventus”ning sobiq himoyachisi Jorjo Kyellini bilan shartnoma imzolagandi.
Garet “Real”ni erkin agent sifatida tark etdi. “Real” Beylni 2013-yilning yozida 100 million yevro evaziga “Tottenhem”dan sotib olgandi. 32 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” safida 5 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta Ispaniya chempionligi, jami 19 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)