Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda “Olimpik”—“OKMK” futbol uchrashuvidan so‘ng janjal yuzaga kelgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Skrinshot: Telegram

Skrinshot: Telegram

22-iyun kuni “Lokomotiv” stadionida “Olimpik” va “OKMK” jamoalari o‘rtasida Superliga doirasida o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida “OKMK” o‘yinchisiga qizil kartochka ko‘rsatilgan. O‘yin tugagandan so‘ng, “OKMK” jamoasi murabbiyi va qizil kartochka olgan o‘yinchi hakamga o‘z e’tirozini bildirgan. Shu vaqt mobaynida “OKMK” jamoasi murabbiyi va kuzatuvchilari tomonidan ham raqib jamoaga nisbatan o‘z e’tirozlari tufayli ikki tomon o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Mazkur tadbir davomida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan Milliy gvardiya va IIBB xodimlari tomonidan esa ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf qilingan.

Avvalroq Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston—Iroq o‘yinini yoritishga borgan “Sevimli” telekanali muxbiri va tasvirchisiga ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuch ishlatilgani, kamerasi tortib olingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)