26-iyun kuni Rossiya tomonidan o‘qqa tutilayotgan Kiyevning Shevchenkovskiy tumanidagi to‘qqiz qavatli turar joy binosiga raketa kelib tushdi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.
Zarba oqibatida binoning yuqoridagi uch qavati qisman vayron bo‘lgan va yong‘in boshlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan. Kiyev meri Vitaliy Klichko vayronalar ostida yaradorlar borligini aytdi. Xususan, qutqaruvchilar vayronalar ostidan yetti yoshli qizchani olib chiqqan. Yana ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)