Kiyev yana bombardimon qilindi. Zelenskiy front chizig‘iga bordi. Urushning 102-kunidan fotoreportaj
Urushning bir yuz ikkinchi kuni o‘tdi. Aprel oyining oxiridan beri birinchi marta Kiyevga yana raketa zarbalari berildi (bir kishi kasalxonaga yotqizildi). Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Kiyevdagi nishon Ukrainaga yetkazib berilgan uskunalar, jumladan T-72 tanklari saqlanayotgan avtomobil ta’mirlash zavodi bo‘lgan. Ukraina buni rad etmoqda. Vladimir Putin agar Kiyev uzoq masofaga uchuvchi raketalarni qabul qilsa, Rossiya hali zarba berilmagan obyektlarni yo‘q qiladi, dedi. Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Donbass va Zaporojyedagi pozitsiyalariga tashrif buyurdi. Meduza 5-may suratlarini jamladi.