• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Onamga 33 so‘mlik mehr bera olmadim”. O‘zbek shou-biznesi vakillarining ota-onasi haqidagi ta’sirli hikoyalari (foto, video)

    O‘zbek shou-biznesi olamidagilarning ko‘pchiligini ota-onasi bilan bog‘liq yig‘latadigan, o‘ylashga, fikrlashga va ibrat olishga sabab bo‘ladigan xotiralari bor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Musiqa va kino olami vakillari “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ota-onasi haqidagi ta’sirli hikoyalarni so‘zlab berdi.

    “Dadam shu dardimni so‘rab, o‘zlariga olganlar”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    San’atga endi kirib kelayotgan 1991—1992-yillar edi. Balki “menga ko‘z tegdimi”, degan fikr ham yo‘q emas. Yotib qoldim. Juda ham yomon paytlarni boshimdan o‘tkazdim. Hozir ota bo‘lib o‘sha vaziyatimda ota-onamga qanchalar qiyin bo‘lganini bilyapman, sezyapman. Dunyoda hech bir ota-ona farzandining yomon holatini ko‘rmasin.

    Dadam bizni shu darajada yaxshi ko‘rardilarki, bizni dunyoga ishonmas edilar. Uch-to‘rt oy yotib qolganimdan so‘ng, miyamda shamollash bo‘lib, meningit bo‘lib qoldim. Keyin yana to‘rt oy bu kasal bilan ham yotib qoldim. Juda xavfli bo‘ldi. Deyarli bir yilga yaqin to‘shakda yotdim. Tashqariga chiqa olmadim, biror joyga bora olmadim, ozib, o‘zimni taniy olmaydigan darajaga kelib qoldim. Oynaga qaraganimda qo‘rqib ketardim.

    Baribir ota, ota ekanda. Otam ustimda turib Allohga nola qilganlar. “Bolamni dardini olib, menga bergin, bolam qiynalmasin”, deb duo qildilar. Buni o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Dadam shu dardimni so‘rab, o‘zlariga olganlar. Shu voqeadan so‘ng kundan kunga yaxshi bo‘lib ketaverdim, dadam esa ikki yilga bormay vafot etdilar.

    Dadam temir yo‘lchi bo‘lib ishlaganlar. Juda baquvvat inson edilar. Har kuni 30-40 km piyoda ishga borib kelardilar. Lekin shu voqeadan ko‘p o‘tmay olamdan o‘tganlar.

    Ba’zida o‘ylab qolaman, biz otalarimizga mos farzand bo‘la oldikmikan, munosib bo‘lib, hurmatlarini joyiga qo‘ya oldikmikan, deyman. Hozirgacha shu fikr menga tinchlik bermaydi. Qiynalaman.

    Og‘abek Sobirov, O‘zbekiston xalq artisti

    “Boshimni o‘rtaga qo‘yar edim, ammo…”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    (Ko‘zda yosh bilan) Xudodan bir kunga onamni qaytarib berishini so‘rayman. Qaytarib bersa onamni boshimdan tushirmaslikka, boshimni o‘rtaga qo‘yib qasam ichaman. Bermaydi. Onam va otamni ko‘rgim keladi. Shu armonim bor xolos. Qolgan hammasi yaxshi, xudoga shukr. Kuch-quvvat, aql-zakovat, oila, farzand berdi. Hammasi yaxshi. Ko‘p farzandlarga ota-onasi hamma narsani muhayyo qiladi, lekin farzand ularni baribir xafa qilib qo‘yadi. Qari chollarni, onaxonlarni ko‘rsam xursand bo‘lib ketaman. Ko‘p farzandlar ota-onasi qariganida jerkib muomala qiladi. Qaynotamning bir oyoqlari yo‘q, nogiron edilar. Ularni o‘zim xohlab, chin dildan borib, haftada bir marta cho‘miltirib kelardim. Xursand bo‘lib qolardilar.

    A’zam Shokirjonov, aktyor

    “Onam haqida gapira olmayman”…

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    (Ko‘zda yosh bilan) Onangiz vafot etsa, uning uchun nimalardir qilgan bo‘lsangiz ham, nimagadir ulgurgan bo‘lsangiz ham, xuddiki hech nimaga ulgurmagan, hech nima qilmagan odamdek bo‘lib qolarkansiz. Onam haqida gapira olmayman. Kechirasiz.

    Sardor Mamadaliyev, xonanda

    “Onamga 33 so‘mlik mehr bera olmadim”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    (Ko‘zda yosh bilan) Buni qaytarib bo‘lmaydi. Buni qaytara olmaysiz. 2001-yil, juma kuni o‘g‘lim Temurga “yur buvingni ko‘rib kelamiz”, dedim. Menga Tojikistondan xabar kelmagan, birov telefon ham qilmagan. Har doim chegaradan azob-uqubat bilan o‘tardim. O‘sha kuni yomg‘ir chelaklab quyayotgandi. Lekin aynan o‘sha kuni chegaradan osonlik bilan o‘tganman.

    Har doim bozorga borib onamga qo‘y go‘shti va nok olardim. Bu safar ham shunday qilish uchun bozorga bordim. Bozorda jiyanim yugurib kelib “Ma’ruf tog‘a”, dedi va jim bo‘lib qoldi. Unga qaragan zahotim nima bo‘lganini tushundim.

    Onam rahmatli meni kelishimni ertalab soat 11 gacha kutgan ekanlar. Ko‘chaga qarab yotgan holatda jonlari uzilgan ekan. Odamlar “Ma’ruf kelmagunicha chiqarmaymiz”, deyishayotgan ekan.

    Onamni yoniga borib, ularni o‘pganimda, so‘nggi nafaslarini chiqardilar. Hech qachon og‘rimagan yuragim, o‘shanda birinchi marotaba og‘rib, o‘tirib qolganman.

    Qiyin bo‘lgan.

    Ikkinchi sinfda o‘qib yurganimda dadam vafot etgan bo‘lsalar, keyingi hayotimdagi barcha yaxshiliklarni onamdan ko‘rganman. Onamning 33 so‘m pensiyasi bilan o‘qiganman. 33 so‘mdan 3 so‘mini o‘zlariga olib qolarkanlarda, 30 so‘mini menga berib yuborar ekanlar. U vaqtda ham ijarada yashardim. Hamisha “onamga 33 so‘mlik mehr bera olmadim”, deb o‘zimni qiynayveraman.

    Har doim siqilib, azob tortgan vaqtimda jiyanimni to‘yini ko‘raman. U to‘yda boshlovchi “endiki so‘zni Zuhraxon onaga beramiz”, degan joyi bor. Onam to‘yda o‘zbekona ro‘mollar, ko‘ylak lozimlarda kulib, men bilan o‘ynaganlar. O‘sha yerda onamni quchoqlab yig‘lagan ekanman. Uyda ayolimni boshqa xonaga chiqarib, faqat shu lavhani ko‘rib yig‘layman.

    Onam bilan vidolasha olmaganim butun umrlik, qaytarib bo‘lmaydigan armonim bo‘lib qoldi.

    Ma’ruf Otajonov, aktyor, rejissor

    “Hozir eshikni ochganimda ular yo‘qlar”…

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Onam haqida gapirsam, onamni eslasam o‘pkam to‘ladi. Ona haqida ashula aytib, ayta olmay qolaman. Yoki qo‘shiq avjiga kelganda yig‘lab yuborib, to‘xtab qolaman.

    Namanganga o‘qishga kirgan vaqtimda onam “g‘alati tushlar ko‘ryapman, tushimda seni urishibdi”, deganlar. Shu gapdan so‘ng o‘qishni tashlab, ota-onamni yoniga kelib olganman. “Men sabab siqilishmasin”, deganman.

    Ota-onam meni shu kunlarimni, uy-joyimni, rohatimni ko‘ra olmadilar. Bu eng katta armonim.

    Onam rahmatli biror joyga borsalar, u yerdagi yaxshi uy-joylarni ko‘rib, havas qilib kelardilar. Men xuddi ular ta’riflaganlaridek uy-joy qurdim, ammo bularning bittasini ham ular ko‘rolmadilar. Avvallari juda og‘ir sharoitda yashaganmiz.

    Toshkent shahri yoki Farg‘ona shahriga ko‘chib kelib, ijod qilmasligimizni, yashamasligimizning sababi aynan ota-onamiz bo‘lgan. Uyimizda biror narsaga qo‘l cho‘zsak uni yo dadamiz, yo onamiz ishlatgan bo‘ladilar. Ularning chirog‘ini yoqib turish uchun ham boshqa joylarga ketmayman.

    Kechqurun 2 yoki 3 da uyga kelib, dadam ham, onam ham uyg‘onmasinlar, deb eshikni tagidan qo‘limni tiqib, tirgakni olib, o‘zimga ham eshitilmaydigan darajada asta ochgan vaqtimda, eshik orqasida onam turgan bo‘lardilar. “Seni qarab tur, ertaga dadangga aytib beraman”, derdilar. Hozir eshikni ochganimda ular yo‘qlar. Armonlar esa men bilan birgalikda ulg‘aymoqda…

    Abdujalil Qo‘qonov, xonanda

    “Onamga yig‘lab, “bo‘ldi, o‘qimayman, bozorga chiqib savdo qilaman, deganman”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Oilada dadam bilan bog‘liq holatlar menga “ishlagin, ishlashing kerak”, degan tuyg‘u bergan. “O‘lib ketsam ham oilamni shu holatdan, kambag‘allikdan chiqaraman”, deb o‘zimga o‘zim so‘z berganman.

    Bir kuni onam “bozorlik qilib kel”, degandilar. Men velosipedda bozorlikni olib qaytayotganimda, velosiped sinib ketdi. Keyin bir yelkamga og‘ir bozorliklarni, bir yelkamda singan velosipedni olib, uyga qaytayotganimda, dadamning 3-4 ta yaqin o‘rtoqlari yo‘lda turishgan ekan. Dadamning ismlari Hakimjon. Ularga salom berib, yomg‘irda, loyda bazo‘r yuklarni ko‘tarib o‘tib ketayotganimda “ha Hakimjonning o‘g‘li qaleysan, yaxshimisan, “veliging” sinib, dabdalasi chiqibdi-ku, xuddi dadangga o‘xshab”, deyishgan. Uyga qanday kelganimni bilmayman. Onamga yig‘lab, “bo‘ldi, o‘qimayman, bozorga chiqib savdo qilaman, deganman.

    Ahad Qayum, shoir, aktyor

    Mavzuga doir: 

    • Og‘abek Sobirov uzoq yillar davlatning asosiy tadbirlardan “tushib qolishi” sababiga oydinlik kiritdi (video)
    • Og‘abek Sobirov o‘g‘illarining qo‘shaloq to‘yiga “bir milliard so‘m sarflagan” degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi (video)
    • “Qurilish: Usmon” serialida rol ijro etayotgan aktyor Ma’ruf Otajonov Turkiya telekanali tomonidan e’tirof etildi (video)
    • Xonanda Abdujalil Qo‘qonov o‘ziga tegishli bo‘lgan to‘yxonani MIB tortib olganini ma’lum qildi (video)
    • “Otamdan qolgan dalalar”dagi Dehqonqul, “Lafz”dagi Tolib. Aktyor va chempion A’zam Shokirjonov hozir qayerda? (foto, video)
    • Sardor Mamadaliyev uni qo‘shiqlarni buzib kuylashda ayblaganlarga munosabat bildirdi (video)
    • “Alloh degan so‘zni aytish mumkin bo‘lmagan”. Sardor Mamadaliyev klipida tor va kelin ko‘ylak “zapret” bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    24.06.2022, 13:54   Izoh (0)   36650
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Saida Mirziyoyeva Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari bilan “Lazgi” baleti tomoshasida

    22.06.2022, 12:56

    Fransuz haykaltaroshi Luiza Burjuaning po‘lat “O‘rgimchak” asari 40 million dollarga sotildi

    17.06.2022, 16:49

    O‘zbekiston “Design Miami/Basel” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

    16.06.2022, 22:10

    “Ruslan Sharipov darvesh odam edi”. Javohir Zokirov “Ruslan Sharipovni do‘stlari yo‘qlamay qo‘ygan”, degan gaplarga izoh berdi

    12.06.2022, 14:51

    O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soni 50 taga yetdi

    08.06.2022, 07:56

    Yulduz Usmonovaning eri shov-shuvli “parda voqeasi” aslida qanday bo‘lgani va konsert xarajatlariga oydinlik kiritdi (video)

    05.06.2022, 11:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 22:03

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Si Szinpin Qozog‘istonga qilgan safari haqida Putinga ma’lumot berdi

    Dunyo | 19 iyun, 21:55

    Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasida tanishgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyun, 21:40

    “Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin” – prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasini borib ko‘rdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:33

    Italiya AQSHga Eronga zarba berish uchun o‘z bazalarini taqdim etishi mumkin — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 21:30

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    Kinotavsiya: Zerikarli kechani qiziqarli o‘tkazishga yordam beradigan qisqa turk seriallari

    Madaniyat | 19 iyun, 21:15

    Markaziy bank may oyida 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.