Shveysariyadagi Art Basel yarmarkasida rassom Luiza Burjuaning mashhur “O‘rgimchak” (1996) asari 40 million dollarga sotildi, deb yozadi The Symbol.
Endilikda “O‘rgimchak” Art Basel hamda Burjuaning, shuningdek, ayol kishi tomonidan yaratilgan dunyodagi eng qimmat san’at asarlaridan biri hisoblanadi. Mutlaq rekord hozircha Jorjiya O’Kiffega tegishli, 2014-yilda Sotheby’s auksionida Jimson Weed / White Flower kartinasi uchun 44,4 million dollar berishgan.
“O‘rgimchak” — Burjuaning eng mashhur asarlaridan biri. Haykalning turli xil variantlari dunyoning yetakchi muzeylarida, jumladan, Bilbaodagi Guggenxaym va Moskvadagi “Garaj” muzeyida namoyish etilgan. Rassomning o‘tgan auksion rekordi ham bronza “O‘rgimchak” bo‘lib, 2019-yilda Christie’s’da ulardan biri 32 million dollarga sotilgan.
Izoh (0)