Milliy mass-mediani qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva “Lazgi” baleti 28–29-iyun kunlari Bursa shahridagi Merinos Otaturk sahnasida namoyish etilishini ma’lum qildi.
Turkiya bilan O‘zbekistonni, ayniqsa, Xorazmni umumiy ildizlarimiz — madaniyat, tarix va til birlashtiradi. Biz Turkiyada o‘zbek milliy raqs durdonasini namoyish etish imkoniyati tug‘ilganidan nihoyatda mamnunmiz.Umid qilamanki, “Lazgi” baleti turk tomoshabiniga an’analarimizni tanitishga va madaniyatlararo rishtalarimizni yanada mustahkamlashga yordam beradi. 28–29-iyun kunlari ushbu balet Bursa shahridagi Merinos Otaturk sahnasida namoyish etiladi, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy baletining Istanbuldagi premyerasi doirasida Turkiyaning madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Axmet Misbah Demirjan bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida O‘zbekistonda ilk bor “Lazgi” Xalqaro raqs festivali o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)