Daryo

Sardor Mamadaliyev uni qo‘shiqlarni buzib kuylashda ayblaganlarga munosabat bildirdi (video)

“Bunaqa arzon narsalar bilan reputatsiyamni buzgim kelmadi”, — deydi Sardor Mamadaliyev

1 daqiqa o‘qish115 503 ko‘rishlar0 izoh0

Xonanda Nodir Xolboyev 2016-yilda “Nega Oxun aytgan qo‘shiqqa tegding?!” deb nomlangan qo‘shiq kuylab, YouTube platformasiga joylashtirgan edi. Ko‘pchilik kuzatuvchilar ushbu qo‘shiq aynan Sardor Mamadaliyevni nishonga olib kuylangani haqida yozib qoldirishgan.

Xonanda Sardor Mamadaliyev jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu qo‘shiqqa quyidagicha munosabat bildirdi.

(Kulib) Ana qarang, mening shaxsan o‘zim uchun qo‘shiq qilishgan. Istehzoli kulib qo‘ydim, deyishadi-ku. Bu qo‘shiqqa javob bermaganim sababi bunaqa arzon narsalar bilan reputatsiyamni buzgim kelmadi.

Men shu vaqtgacha reputatsiyamni buzganman, deb o‘ylamayman, bundan keyin ham shunday harakat qilmoqchiman.

Sardor Mamadaliyev, xonanda
Ma’lumot uchun, xonanda Sardor Mamadaliyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oxunjon Madaliyev tomonidan kuylangan “Meningdek”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Onamning duosi meni asraydi”, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” kabi qo‘shiqlarini o‘z talqinida kuylagan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar