Dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jakartada G20 davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining uchrashuvi doirasidagi matbuot anjumanida.
“Biz ushbu pandemiyadan (koronavirus) olgan saboqlarimizga jiddiy qarashimiz va dunyoni (pandemiyaga) tayyorlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishimiz kerak. Biz hali pandemiya o‘rtasida turibmiz. Dunyo tayyor emas. Agar boshqa virus tarqalsa, boshqa pandemiya boshlanadigan bo‘lsa, biz bunga tayyor emasmiz”, — dedi JSST rahbari tashkilotning ijtimoiy tarmoqlarida efirga uzatilgan matbuot anjumanida.
JSST bosh direktori, shuningdek, COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha tavsiyalarni to‘liq amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. “Har bir mamlakatda tavsiyalarni amalga oshirish uchun juda tez harakat qilishimiz kerak, shundagina keyingi pandemiyani oldini olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
2020-yil 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. Joriy yilning aprel oyida butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni jami 500 milliondan oshdi.
Izoh (0)