Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Maymunchechak kabi endemik (ma’lum bir joyga xos bo‘lgan) kasalliklarning avj olishi tobora ko‘proq kuzatilmoqda, deya ogohlantirdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Mayk Rayan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Iqlim o‘zgarishi tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlariga, xususan, qurg‘oqchilikka imkoniyat yaratishi tufayli, hayvonlar va odamlar o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirmoqda.

Natijada dedi Rayan, odatda hayvonlar orasida tarqalib yuruvchi kasalliklar odamlarga ham tobora ko‘proq yuqmoqda.

“Ekologik nozik jihatlar ko‘p, biz hozir shunday vaziyatdamizki, jonivorlar va odamlarning o‘zaro ta’siri juda beqaror bo‘lib turibdi, bu kasalliklar odamlarga yuqishi holatlari ko‘paymoqda va keyin bizning qobiliyatimiz, afsuski, ushbu kasallikni va uning hamjamiyatimiz ichkarisida harakatlanishini kuchaytirish qobiliyatimiz oshib bormoqda”, — dedi u.

Shuningdek, Rayan Afrika uchun endemik bo‘lgan, kemiruvchilar tomonidan tarqatiladigan o‘tkir virusli kasallik — Lassa bezgagiga chalinish holatlari ko‘payib borayotganini qayd etdi.

Ebolaga kelsak, avvallari avj olish holatlari bir necha yillarda bir marta sodir bo‘lgan bo‘lsa, endi bir necha oyda yuz bermoqda, dedi Rayan.

“Shunday ekan, men o‘ylaymanki, bu biz uchun bir saboq, bu kasalliklar paydo bo‘laveradi, ular bosim o‘tkazaveradi, turlar o‘rtasidagi to‘siqni yengib o‘taveradi. Masala shundaki, biz bunga jamoaviy tarzda javob bera olamizmi?” — deya ta’kidladi u.

Rayanning izohlari maymunchechakka chalinish holatlari o‘sib borayotgan bir paytda yangradi.

Ushbu kasallik yaqin muloqotda bo‘lingan paytda yuqadi, grippga o‘xshash belgilar va o‘ziga xos toshmalarni keltirib chiqaradi.

1-iyun, chorshanba kuni Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash agentligi mamlakatda ushbu virusli kasallikning avj olishi safarlar bilan bog‘liq emasligi va aftidan, odamdan odamga yuqayotganini ma’lum qildi.

JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Afrikadan tashqarida (maymunchechak u yerda endemik kasallik hisoblanadi)gi 30 ta mamlakatda maymuchechakka chalinish bo‘yicha 550 ta holat tasdiqlangani haqida xabar berdi.

“Tadqiqotlar davom etmoqda, biroq maymunchechak bir vaqtning o‘zida ko‘plab mamlakatlarda kutilmaganda paydo bo‘lishi shuni taxmin qilish imkonini beradiki, kasallikning tarqalishini biroz vaqt davomida sezmay qolganmiz”, — dedi Gebreyesus.

Shunga qaramay, JSST 30-may kuni maymunchechakning Afrikadan tashqarida avj olishi pandemiyaga olib kelishiga ishonmasligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)