• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Vaziyat nazoratdan chiqib ketguncha kutib o‘tirishni istamaymiz”. JSST maymunchechak tufayli favqulodda qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazadi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechak avj olishi bilan bog‘liq vaziyat global sog‘liqni saqlash uchun qanchalik xavfliligini baholash maqsadida kelasi hafta favqulodda qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir tashkilotga 1,6 mingta tasdiqlangan kasallanish holatlari haqida ma’lum. Bundan tashqari, yil boshidan buyon 39 ta mamlakatdagi 1,5 mingta kasallanish va 72 ta o‘lim holatlari haqida taxminiy ma’lumotlar olingan.

    Gebreyesus fikricha, himoya choralarini kuchaytirish haqida o‘ylab ko‘rish kerak, chunki “virus o‘zini noodatiy tarzda tutmoqda”, va xalqaro koordinatsiyaga zaruriyat bor. “Biz vaziyat nazoratdan chiqib ketguncha kutib o‘tirishni istamaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi JSSTning Afrikadagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Ibragima Sos-Foll.

    Shu bilan birga, Gebreyesus qayd etishicha, JSST ayni vaqtda maymunchechakka qarshi ommaviy emlash talab etilmaydi, degan fikrda.

    Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, maymunchechak — asosan nam tropik o‘rmonlar o‘sib, odatda virus tashuvchilari bo‘lib hisoblanadigan hayvonlar yashaydigan Markaziy va G‘arbiy Afrika mamlakatlarida uchraydigan kamyob virusli kasallik. Ba’zan virus boshqa mamlakatlarda maymunchechak bo‘yicha endemik bo‘lgan hududlarda bo‘lib qaytgan odamlarda aniqlanadi. Odamlar orasidagi ilk kasallanish holatlari 1970-yilda Kongo Demokratik Respublikasi (o‘sha vaqtda — Zair)da aniqlangan. Afrikadan tashqaridagi ilk holatlar 2003-yilda AQSHda qayd etilgan. So‘nggi yirik avj olish Nigeriyada 2017-yilda sodir bo‘lgan, ammo 2018—2019-yillarda ushbu chechakka chalinganlar Buyuk Britaniya, Isroil va Singapurda aniqlangan edi.

    Bu yil Afrikadan tashqarida maymunchechak bilan kasallanish holatlari haqida birinchi bo‘lib Buyuk Britaniya may boshida xabar berdi. Virus Nigeriyadan uchib kelgan samolyot yo‘lovchisida aniqlandi. Keyinroq ushbu virusga chalinish hollari haqida boshqa mamlakatlar, shu jumladan, Avstraliya, Belgiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, AQSH ma’lum qilishni boshladi.

    O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 23-may kuni O‘zbekistonda maymunchechak qayd etilmagani haqida aytib o‘tgandi. “Ayni paytda JSST tavsiyalaridan kelib chiqib bu infeksiyaning yurtimizga kirib kelmasligi uchun zarur choralarni ko‘ryapmiz”, — degandi u. Keyinroq u O‘zbekistonga maymunchechak kirib kelishi ehtimoli mavjud, lekin tarqalish xavfi juda pastligini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Ruminiyada maymunchechak bilan kasallanishga bog‘liq birinchi holat qayd etildi
    • JSST maymunchechakka qayta chalinish xavfidan ogohlantirdi
    • Portugaliyada maymunchechak bilan kasallanganlar soni 150 dan oshdi

    15.06.2022, 10:57   Izoh (0)   8634
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Polsha bosh vaziri: NATO Ukrainani himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilgani yo‘q

    15.06.2022, 10:32

    AQSH bo‘g‘ozning maqomi bo‘yicha Xitoy bilan bahsda Tayvanni qo‘llab-quvvatladi

    15.06.2022, 10:08

    Ukraina G‘arbdan o‘zi so‘ragan harbiy yordamning 10 foizinigina olgan

    15.06.2022, 09:28

    Rossiya Buyuk Britaniyaning 29 nafar jurnalistini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxatda Britaniyaning bir qator OAV rahbarlari ham bor

    15.06.2022, 09:14

    Turkish Airlines aviakompaniyasi Türkiye Hava Yolları deb qayta nomlanadi

    15.06.2022, 08:46

    Yevroparlament atom energiyasi va gazni zararsiz energiya manbalari qatoriga kiritishdan bosh tortdi

    15.06.2022, 06:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.