Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda maymunchechak qayd etilmaganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Og‘abek Samisov

Foto: “Daryo” / Og‘abek Samisov

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik hozirgacha 14 ta davlatda qayd etilgan. Xususan, infeksiyani yuqtirganlar soni 90 nafarga yaqinlashgani aytilyapti. Qolaversa, qariyb 30 kishi kasallikka chalinganlikda gumonlanmoqda, shu kungacha o‘lim holatlari ro‘yxatga olinmagan.

“Aslida, bu xastalik kecha yoki bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Ya’ni ilk bor u bundan 52 yil avval Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan. Kasallikning alohida holatlari Markaziy va G‘arbiy Afrika mamlakatlarida kuzatilgan. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, maymunchechak deyarli barcha holatlarda hayvonlardan odamga yuqadi. Asosan endemik hududlarga safar qilgan va jonivorlar bilan muloqotda bo‘lgan kishilarda tasdiqlanishi mumkin”, — deydi Otabekov.

Dunyo bo‘ylab kasallikning qayta avj olishi 7-may sanasidan boshlangan. Shu kuni Buyuk Britaniyaga Nigeriyadan qaytgan sayyohda mazkur infeksiya aniqlangan. Unda kasallik belgilari terida toshmalar toshishi bilan namoyon bo‘lgan. Shundan so‘ng ushbu mamlakatda o‘nga yaqin bemorlar maymunchechakka chalingani ma’lum bo‘lgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosarining ta’kidlashicha, kasallik odatda yengil kechmoqda va bemorlarning ko‘pchiligi bir necha hafta ichida tuzalib ketyapti. Shunga qaramay, hozir JSST maymun infeksiyasi keng tarqalib ketmasligi uchun dunyo mamlakatlarini profilaktik choralarni kuchaytirishga chaqirmoqda.

“O‘zbekistonda hozirga qadar maymunchechak qayd etilgani yo‘q. Ayni paytda JSST tavsiyalaridan kelib chiqib bu infeksiyaning yurtimizga kirib kelmasligi uchun zarur choralarni ko‘ryapmiz”, — deydi Nurmat Otabekov.

Mutaxassislar fikricha, aynan maymunchechakka qarshi emlash preparatlari mavjud bo‘lmasa-da, bir qator mamlakatlar oddiy chechakka qarshi vaksinalar orqali buning oldini olishga harakat qilmoqda. Chunki ikki virus bir-biriga o‘xshash va shu tufayli bunday vaksinalar maymun chechagining oldini olishda taxminan 85 foizga samara berishi kutilyapti.

Avvalroq maymunchechak bilan kasallanish holatlari Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, AQSH, Kanada va Avstraliyada, Belgiya va Fransiyada qayd etilgani, JSST maymunchechak avj olishi tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi