• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    CNN: Bayden Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni yangidan boshlamoqchi

    AQSH Saudiya Arabistoni bilan jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganidan keyin yomonlashgan aloqalarini inflyatsiya va gaz narxining o‘sib borishi fonida yangidan boshlashga tayyor. Bu haqda CNN yuqori mansabli amerikalik amaldorlar orasidagi manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

    Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

    Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
    Foto: AP Photo

    “Ikkala tomon ham shunday qarorga keldiki, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishish uchun biz buni yengib o‘tishimiz kerak”, — dedi telekanal suhbatdoshlaridan biri.

    Manbalarga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden ichki bozorda gaz narxini tushirish, o‘sib borayotgan inflyatsiyani sekinlashtirish va Rossiyaga qarshi cheklov choralarini ko‘rish talablari sababli katta bosim tushmoqda.

    Vashington va Ar-Riyod o‘rtasidagi aloqalarning iliqlashuvi Qoshiqchining o‘ldirilishi masalasining kechirib yuborilishi yoki unutilishini bildirmaydi, deya ta’kidlamoqda manbalar, ular Bayden iyulda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda valiahd shahzoda bilan hodisani muhokama qilmoqchi ekanini aytmoqda.

    Manbalarga qaraganda, AQSH prezidenti va valiahd shahzodaning uchrashuvi haqidagi qaror Vashington uchun og‘ir bo‘lgan, ammo tomonlar energiya manbalari bozoridagi beqarorlik fonida vaziyatga asir bo‘lmaslikka qaror qilgan. Bayden va uning milliy xavfsizlik bo‘yicha katta maslahatchilari Saudiya ARabistoni bunday sharoitlarda Qoshiqchining o‘ldirilishi maslasidan qochib uzoqqa borolmasligini aytgan.

    Oq uy boshqa prioritetlarni bo‘shroq qo‘yib, xavotirli iqtisodiy tendensiyalarga urg‘u bera boshlagan. “Ular [Oq uydagilar] tashvishda, ular umidsizlikka tushgan”, — dedi manbalardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy vaziyat Demokratik partiyaning AQSH Vakillar palatasiga saylovda g‘alaba qozonishga umidini so‘ndirmoqda.

    Jamol Qoshiqchi The Washington Post jurnalisti bo‘lgan va o‘z maqolalarida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgan. U 2018-yilning oktabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida boshi tanasidan judo qilinib o‘ldirilgan. Uning jasadi hozirgacha topilmagan.

    Turkiya hukumati, AQSh Senati va Markaziy razvedka boshqarmasi jurnalistni o‘ldirish haqidagi buyruqni Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon berganligini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni hukumati esa jurnalistning o‘limini kuch tuzilmalarining shaxsiy tashabbusi deb atagan.

    Jinoyatda gumonlanganlar Saudiya Arabistoni sudiga topshirilgan. 2019-yilning dekabr oyida ularning besh nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana uch nafariga tayinlangan qamoq jazosining umumiy muddati 24 yilni tashkil etgan.

    2020-yilning sentabrida besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosi jurnalistning o‘g‘illari so‘roviga asosan qamoq jazosiga almashtirilgan. 2020-yilning may oyida jurnalistning o‘g‘illari otasining o‘limida aybdor bo‘lganlarni kechirishini ma’lum qilgan. Biroq jurnalistning do‘sti Qoshiqchining o‘g‘illari aybdorlarni kechirish haqida o‘z ixtiyori bilan ma’lum qilganiga shubha bildirgan.

    Avvalroq Qoshiqchining o‘ldirilishi to‘g‘risidagi hujjatdan uch kishining ismi sirli ravishda g‘oyib bo‘lgani haqida xabar berilgan.

    Shuningdek, The New York Times Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador shaxslar AQShda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani haqida yozgandi.

    Bayden saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Saudiya Arabistoni hukumatini sodir bo‘lgan voqealar uchun jamiyatdan chetlashtirishga va buning xunini to‘latishga va’da bergandi. Ayni vaqtda esa, 2022-yil iyunida davlat kotibi Entoni Blinken AQSH Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni uzish niyatida bo‘lmaganini qayd etdi.

    Mavzuga doir: 

    • Bayden iyun oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, valiahd shahzoda bilan uchrashadi
    • NYT: Jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador shaxslar AQShda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan

    11.06.2022, 15:51   Izoh (0)   14462
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin: Rossiya Turkmanistonning betaraflik maqomiga hurmat bilan qaraydi

    11.06.2022, 14:50

    Shols: “Ukrainadagi urushni to‘xtatishning o‘zi Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalarni olib tashlash uchun yetarli bo‘lmaydi”

    11.06.2022, 14:32

    Boliviya sobiq prezidenti Janin Anyes 10 yillik qamoqqa hukm qilindi

    11.06.2022, 11:53

    Rossiya BMT Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqdi

    11.06.2022, 11:35

    AQSH chet ellik sayyohlar uchun majburiy COVID-testni bekor qildi

    11.06.2022, 11:18

    Braziliya prezidenti supermarketlardan oziq-ovqat narxini pasaytirishni so‘radi

    11.06.2022, 07:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH NATO davlatlariga 10 mrld dollarlik qurol sotadi — Axios

    Dunyo | 15 iyul, 16:40

    Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan Damas haydovchisi 3 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:30

    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

    Reklama | 15 iyul, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:21

    IBF reyting yangilandi. Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?

    Sport | 15 iyul, 16:15

    Germaniya Rossiyagacha yetib boradigan Typhon raketa tizimini sotib oladi

    Dunyo | 15 iyul, 16:05

    Indoneziyada 11 nafar odam dengizda 6 soat suzib tirik qoldi

    Dunyo | 15 iyul, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.