Meksikaning Guanaxuato shtatidagi tashlandiq uyda 32 kishining jasadi topildi. Bu haqda Le Figaro shtat prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Qo‘rqinchli topilmani bedarak yo‘qolganlarni qidirish bilan shug‘ullanayotgan ko‘ngillilar topishgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha faqat 15 nafar qurbonning shaxsi aniqlangan. Prokuraturaning ta’kidlashicha, plastik paketlarda bo‘lgan qoldiqlarning holati tanib olish jarayonini murakkablashtiradi. Ular “maydalangan va murakkab” deb ta’riflangan.
“Hasta encontrarte” guruhidan yo‘qolganlarning qarindoshlari o‘z yaqinlari haqida ma’lumot olish umidida jasadlar topilgan joyga tashrif buyurishgan.
“Ko‘p yillar o‘tdi, ammo biz hali ham hech narsani bilmaymiz”, deydi ismini oshkor etmaslikni so‘ragan ayollardan biri.

Guanaxuato narkokartellar o‘rtasidagi doimiy to‘qnashuvlar tufayli Meksikaning eng xavfli shtati hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruhlarning ta’sir o‘tkazish uchun kurashi bilan bog‘liq mamlakatdagi eng ko‘p qotillik aynan shu yerda qayd etilgan.
Bu orada Meksikaning kriminal xronikasi yangi fojiali epizod bilan to‘ldirildi. Guanaxuato shtatining Irapuaato shahrida katolik bayrami nishonlanayotgan vaqtda otishma sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)