Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

The Washington Post gazetasi jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirib ketilishiga aloqador bo‘lgan to‘rt nafar Saudiya Arabistoni fuqarosi bir yil oldin AQShda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Nashrning ta’kidlashicha, 2017-yilda Arkanzas shtatidagi Tier 1 Group xavfsizlik kompaniyasi saudiyaliklarni AQSh Davlat departamenti tomonidan tasdiqlangan shartnoma asosida o‘qitgan. O‘quv dastur “xavfsiz o‘q otish” va “qarshi hujum” mashqlarini, shuningdek, tashqi kuzatuv va yaqindan jang qilishni o‘z ichiga olgan.

Kompaniya mashg‘ulotlar mudofaa xususiyatiga ega ekanini va Saudiya Arabistoni rahbarlari himoyasini yaxshilashga qaratilganini ta’kidladi.

NYT ta’kidlashicha, kompaniya AQSh hukumati yoki Tier 1 Group ma’muriyati saudiyaliklar o‘z mamlakatidagi repressiyalarda qatnashmoqchiligidan xabardor bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot va dalillarga ega emas. “O‘tkazilgan mashg‘ulotlar ularning keyingi jirkanch harakatlariga hech qanaqasiga aloqador bo‘lmagan”, — dedi kompaniya vakili gazetaga javoban.

Eslatib o‘tamiz, Jamol Qoshiqchi The Washington Post jurnalisti bo‘lgan va o‘z maqolalarida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgan. U 2018-yilning oktabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida boshi tanasidan judo qilinib o‘ldirilgan. Uning jasadi hozirgacha topilmagan.

Turkiya hukumati, AQSh Senati va Markaziy razvedka boshqarmasi jurnalistni o‘ldirish haqidagi buyruqni Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon berganligini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni hukumati esa jurnalistning o‘limini kuch tuzilmalarining shaxsiy tashabbusi deb atagan.

Jinoyatda gumonlanganlar Saudiya Arabistoni sudiga topshirilgan. 2019-yilning dekabr oyida ularning besh nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana uch nafariga tayinlangan qamoq jazosining umumiy muddati 24 yilni tashkil etgan.

2020-yilning sentabrida besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosi jurnalistning o‘g‘illari so‘roviga asosan qamoq jazosiga almashtirilgan. 2020-yilning may oyida jurnalistning o‘g‘illari otasining o‘limida aybdor bo‘lganlarni kechirishini ma’lum qilgan. Biroq jurnalistning do‘sti Qoshiqchining o‘g‘illari aybdorlarni kechirish haqida o‘z ixtiyori bilan ma’lum qilganiga shubha bildirgan.

26-fevral kuni AQSh Milliy razvedkasi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon as-Saud saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘g‘irlash yoki o‘ldirish bo‘yicha operatsiyani qo‘llab-quvvatlashda ayblangan hisobotini e’lon qilgan.

Avvalroq Qoshiqchining o‘ldirilishi to‘g‘risidagi hujjatdan uch kishining ismi sirli ravishda g‘oyib bo‘lgani haqida xabar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi