Beeline brendiga egalik qiluvchi Veon xoldingi o‘zining Gruziyadagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda xoldingning matbuot xizmati xabar berdi.
Bitim qiymati 45 million dollarni tashkil etdi. Xaridor — kompaniyaning sobiq mahalliy hamkori.
Katta ehtimol bilan Gruziya aktividan chiqish qarori siyosiy sabablarga ko‘ra qabul qilingan, — deb taxmin qilmoqda mutaxassislar.
Veon Gollandiyada joylashgan. Kompaniya O‘zbekiston, Rossiya, Jazoir, Armaniston, Bangladesh, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda Beeline brendi ostida aloqa xizmatlarini ko‘rsatadi.
Avvalroq Beeline’ga egalik qiluvchi kompaniya ro‘yxatini Bermudadan Buyuk Britaniyaga ko‘chirishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)