• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Elektromobillar haqiqatan ham havoni kamroq ifloslantiradimi? O‘zbekiston misolida tahlil

    Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti yonilg‘ida harakatlanuvchi avtotransport vositalarini havoga chiqarayotgan korbonat angidrid gazini hisoblab chiqdi. Natijalar elektromobillar bilan solishtirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Elektromobillardan foydalanish jarayonida ajralib chiquvchi CO2 (uglerod dioksidi, karbon dioksidi, karbonat angidridi) miqdori nolga teng bo‘lgani bilan, elektr energiyasini ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi uglerod dioksidini unutmaslik kerak.

    Elektr energiyasi ko‘mirdan olinganda atmosferaga juda ko‘p miqdorda CO2 ajraladi.

    Shunday ekan, “yashil” deb ataluvchi elektromobillar zararli gazlarni kamaytirish o‘rniga aksincha, ko‘paytirib yubormaydimi?

     

    2020-yilda bunday avtotransport vositalari chiqargan zararli gazlar emissiyasi 7,69 mln tonnaga teng bo‘lgani hisoblab chiqildi.

    Shuningdek, mazkur transport vositalari elektr energiyasi vositasida harakatlangan taqdirda, emissiya hajmi 35,11 foizga kam bo‘lishi aniqlandi.

    Dunyo miqyosida CO2 emissiyasining qariyb 22,7 foizi transport sektorining ulushiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 13,3 foizga teng.

    Shu sababli dunyodagi avtomobilsozlik kompaniyalari ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillarni ishlab chiqarishni butkul to‘xtatib, to‘liq elektromobillarni ishlab chiqarishga o‘tishini ma’lum qilmoqda.

    Jumladan, Volvo va Mercedes-Benz avtokonsernlari 2030-yildan, General Motors 2035-yildan, Audi 2033-yildan elektromobillar ishlab chiqarishga to‘liq o‘tishni rejalashtirmoqda.

    O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda avtomobil transportining iqlim o‘zgarishidagi ulushini kamaytirishga qaratilgan ishlar ko‘paydi.

    2018-yilda Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” tasdiqlanishi bu yo‘ldagi katta qadamlardir.

     

    2019-yildan boshlab O‘zbekistonga import qilinayotgan elektromobillar uchun nol miqdordagi bojxona to‘lovi belgilandi va yil o‘rtalariga kelib elektromobillar uchun amalda bo‘lgan aksiz solig‘i ham bekor qilindi.

    2021-yilda soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod qilindi.

    O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Farg‘ona viloyatida Xitoyning Hong Kong ZRSC Technology korxonasi bilan, Buxoro viloyatida Janubiy Koreyaning Songuo Mobility Innovation korxonasi bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga kirishildi.

    Avtomobillarning CO2 emissiyasi hajmini aniqlash murakkab hisob-kitoblarni talab qiladi. Dvigatel elektr energiyasida harakatga keladimi yoki yonilg‘ida, energiya/yonilg‘i sarfi modellarning rusumiga qarab turlicha bo‘ladi.

    Hatto, bir modeldagi avtomobillarda ham “shahar” yoki “trassa” tartibida, undagi yukning og‘irligi va haydash uslubiga qarab elektr/yonilg‘i sarfi farq qiladi.

    Bu esa o‘z navbatida, hosil bo‘ladigan uglerod dioksidi miqdori turlicha bo‘lishiga olib keladi.

    Tahlilda xorijiy olimlar o‘z tadqiqotlarida foydalangan o‘rtacha birliklar mamlakatimizda ommalashgan bir qancha avtomodellar misolida qo‘llanilgan.

    Jumladan, 100 km masofa uchun o‘rtacha 9 litr benzin, 34,4 litr dizel yonilg‘isi sarflanadi, deb hisoblanadi.

    Xuddi shuncha masofani bosib o‘tish uchun elektr dvigatelli avtomobillar sarflaydigan o‘rtacha elektr sarfi: yengil avtomobillar uchun 18,64 kVt/s, og‘ir turdagilari uchun esa 144 kVt/s deb belgilangan.

    Quyida yonilg‘i va elektr energiyasida harakatlanuvchi avtotransport vositalarinig 100 km masofani boshib o‘tishi uchun qancha uglerod dioksidi chiqarilishi aks ettirilgan.

    Foto: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

    Foto: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

    Ko‘rinib turibdiki, 100 km masofani bosib o‘tish uchun benzin vositasida harakatlanuvchi yengil avtomobillar o‘rtacha 21,15 kg, elektromobillar esa 9,91 kg CO2 ajratib chiqaradi.

    Yuk avtomashinalari borasida to‘xtalganda shuni aytish joizki, agar ular dizel yonilg‘isida harakatlansa 91,16 kg, elektr energiyasida harakatlansa 76,6 kg uglerod dioksidi hosil bo‘ladi.

    Ammo, bu uslubdagi hisob-kitobda 100 km masofa o‘zgarmas, deb belgilab olingani sababli ajraladigan CO2 ning avtomobil rusumlari kesimidagi ulushi buziladi.

    Mazkur holatni hal etish uchun tahlil metadologiyasiga “umumiy bosib o‘tilgan masofa” omili qo‘shilgan.

    Bunda Davlat statistika qo‘mitasining O‘zbekistonda 2020-yil davomida avtotransport vositalari sarflagan benzin va dizel yonilg‘isining umumiy miqdoriga oid ma’lumotlar asos qilib olingan.

    Hisoblashning birinchi bosqichida sarflangan umumiy yonilg‘i miqdori ichki yonuv dvigatelli avtomobilning o‘rtacha iste’mol ko‘rsatkichiga bo‘linadi va umumiy bosib o‘tilgan masofa aniqlanadi.

    Ikkinchi bosqichda esa, ushbu masofani tegishli CO2 emissiyasi omiliga ko‘paytirish orqali avtotransport vositalari ajratib chiqaradigan zararli gazlar miqdori hisoblab chiqiladi.

    Tadqiqot davomida mazkur usuldan foydalanilgan holda yonilg‘i vositasida harakatlanuvchi avtotransport vositalarining umumiy CO2 emissiyasi 7,69 mln tonna ekanligi hisoblab chiqildi.

     

    Elektromobillarda esa xuddi shuncha masofani bosib o‘tishda 4,99 mln tonna CO2 ajralib chiqishi aniqlandi. Bundan ko‘rinib turibdiki, elektromobillardan foydalanish orqali atmosferaga chiqarilayotgan CO2 emissiyasini 2,7 mln tonnaga kamaytirish mumkin.

    Biroq agar O‘zbekistondagi barcha dizel va benzinda harakatlanadigan avtomobillar elektr energiyasiga o‘tadigan bo‘lsa unda qo‘shimcha 9,3 mlrd kVt/s elektr quvvatiga ehtiyoj yuzaga keladi.

    2020-yil yakunlariga ko‘ra,O‘zbekeistonda ishlab chiqarilgan leketr energiyasining umumiy hajmi 66,5 mlrd kVt/soatni, iste’mol hajmi esa 69 mlrd kVt/soatni tashkil qiladi. Bu esa qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga ehtiyoj borligini anglatadi.

    08.06.2022, 22:58   Izoh (0)   31680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahalliy pivo va tabiiy vinolarni reklama qilishga qisman ruxsat berildi

    08.06.2022, 19:53

    O‘zbekistonda energetik ichimliklarning reklamasiga cheklovlar kiritildi

    08.06.2022, 19:31

    Qarshidagi zobitlar uyi binosi qariyb 8 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    07.06.2022, 21:55

    Uzbekistan Airways samolyotda quloqchinlar yo‘qligiga izoh berdi

    07.06.2022, 18:25

    OKMK Finlyandiya kompaniyasi bilan 100 mln yevrolik shartnoma imzoladi

    07.06.2022, 06:09

    Jizzaxdagi dehqon bozori 6,3 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    06.06.2022, 20:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.