Eronning yerosti boyliklari 27,5 trillion dollarni tashkil etadi. Bu haqda Eron tabiiy resurslar va mineral zaxiralar vaziri o‘rinbosari, Geologiya va qidiruv tashkiloti rahbari Darush Ismoiliy ma’lum qildi.
-PfycH5bE.avif)
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Eron dunyoda Rossiya, AQSH, Saudiya Arabistoni va Kanadadan keyin 5-o‘rinni egallaydi.
Uning ta’kidlashicha, Eron 1,4 trillion dollarlik foydali qazilmalarga ega.
“Bularning kamida 5 foizi mineral xomashyodir. Umumiy investitsiya hajmi 29 milliard dollar bo‘lgan konlarni qidirish uchun ruxsatnomalar berilgan. Bu zaxiralarning atigi 2 foizi o‘rganilganini anglatadi”, deydi Darush Ismoiliy.
Ismoiliy geologiya-qidiruv ishlarini olib borish zarurati hech kimga sir emasligini bildirgan.
“Tog‘-kon va mineral-qayta ishlash sektoridan 10 trillion dollar olish mumkin”, deydi vazir o‘rinbosari.
Bundan avval Eron aholisi 2025-yilning ikkinchi choragida oltin xarid qilishni keskin ko‘paytirgani xabar qilingandi.
Eronning oltin zaxiralari
Eron Markaziy banki mamlakat oltin zaxiralarini boshqaradi. 2023-yil holatiga ko‘ra, Eron rasmiy ravishda 340 tonnaga yaqin oltin zaxirasiga ega. Bu Eronni mintaqadagi eng yirik oltin egalaridan biriga aylantiradi. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat Yevrosiyo mintaqasida o‘rtacha yuqori zaxira egasi hisoblanadi. Global reytingda esa 30–40-o‘rinlar o‘rtasida joylashgan.
Ma’lumot uchun, Eron hududida bir nechta oltin konlari mavjud, xususan, Zarshuran koni — eng yirik va eng rivojlanganlardan biri. Bundan tashqari, Eronda Qizil Qand, Dashkasan va Saghand konlari ham faoliyat yuritadi. 2022–2023-yillarda Eron yiliga 10–15 tonna oltin qazib olgan.
Izoh (0)