5-iyun kuni Narpay tumani “Sarbozor” MFYda joylashgan savdo do‘konlarida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 3 ta savdo do‘konining bir qismi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Samarqand viloyati FVB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Mutaxassislar tomonidan tergovga qadar tekshiruv jarayonlarida ma’lum bo‘lishicha, 16 tadan ortiq savdo do‘konlarining taxminan 240 kvadrat metr maydoni yonib zararlangani aniqlangan.
“Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari va mulk egalari bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bu haqida ma’lumot berib boramiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Samarqandda bir-biriga tutash ikkita korxonada yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentdagi “Rayhon” oshxonasida yong‘in yuzaga kelgani, Sirdaryoda masjid hovlisida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)