Daryo

Samarqandda bir-biriga tutash ikkita korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Holatni bartaraf etishga 8 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etildi

1 daqiqa o‘qish21 570 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida 7-iyun kuni ikkita tadbirkorlik subyektida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 14:00 da shaharning “Farovonlik” mahallasida joylashgan “Verbatim” va “Baxt” MCHJlari binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:30 da qurshab olingan. Soat 16:20 da bartaraf etilgan. Yong‘inga viloyat Obodonlashtirish boshqarmasining texnikalari ham jalb etilgan.

Yong‘in oqibatida binoning taxminan 200 kvadrat/metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Hodisada tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar