Daryo

Samarqandda ikki qavatli savdo majmuasida yong‘in chiqdi (video)

Yong‘in oqibatida birinchi qavatdagi oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnikalar va boshqa turdagi jihozlar yonib, zararlangan

1 daqiqa o‘qish43 676 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 12-may kuni tungi soat 00:33 da tumanning “Namuna” MFY, Ergashjuman Bulbul ko‘chasida joylashgan Entrogroplyus MCHJga qarashli ikki qavatli savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘inga soat 00:42 da yetib borilgan va soat 03:52 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida savdo majmuasining taxminan 250 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi, birinchi qavatdagi oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnikalari va boshqa turdagi jihozlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda masjid hovlisida yong‘in yuzaga kelgani, Buxorodagi qurilish mollari sexida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentdagi oziq-ovqat do‘konlarining birida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar