“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Qatar hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan. Hujjat 2021-yil 9-iyunda Toshkent shahrida imzolangan.
Transport vazirligi bitimni amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Avvalroq Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgani, Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)