Daryo

Toshkentdagi “Rayhon” oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Holatni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi

1 daqiqa o‘qish63 572 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 6-iyun kuni “Rayhon” milliy taomlar binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 18:37 da Chilonzor tumanida joylashgan “Rayhon” milliy taomlar binosining tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Holat soat 19:03 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida bino oshxonasining 15 metr/kvadrat maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisada tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar