Daryo

Sirdaryoda masjid hovlisida yong‘in yuzaga keldi

Holatga elektr tokining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish18 834 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 5-may kuni masjid hovlisidagi bostirmada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 16:25 da Boyovut tumani “Ziyokor” mahallasida joylashgan masjidning yo‘lak qismidagi bostirmasida yuzaga kelgan elektr tokining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in boshlang‘ich vaqtida bartaraf etilgan.

Yong‘indan bostirmaning, taxminan, 35 kvadrat metr maydoni zararlangan. Insonlarning tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar