Daryo

Samarqanddagi oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Yong‘in 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan 1,5 soatda o‘chirilgan

1 daqiqa o‘qish87 546 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida 5-iyun kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat FVBning ma’lum qilishicha, tumanning “Sari bozor” MFYda joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar soat 20:21 da kelib tushgan.

Voqea joyiga jalb etilgan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:35 da yetib borgan va soat 22:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida 3 ta oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 70 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib, zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar