• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Raislik etuvchi sessiya kun tartibiga kiritilmagan masalani tasdiqlatishga urindi” — Andijonda sessiya jonli efirda ketmayotganini tanqid qilgan deputat

    Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati Jahongir Jiyanovning sessiya ishi jonli efirga uzatilmayotganini tanqid qilgani va sessiya ishida raislik qiluvchining e’tiroziga sabab bo‘lgani xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri mazkur holat yuzasidan deputat Jahongir Jiyanov bilan suhbatlashib, masalaga oydinlik kiritishga urindi.

    Jahongir Jiyanov.

    Jahongir Jiyanov.
    Foto: “Daryo”

    O‘zLiDeP partiyasi vakili, shahar Kengashi deputati Jahongir Jiyanovning ma’lum qilishicha, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining oltinchi chaqiriq 29-sessiyasida kun tartibida beshta masala bo‘lgan. Ammo sessiyani olib borgan rais hech qanday ogohlantirishsiz oltinchi masalani o‘rtaga tashlab, ovoz berilishini so‘ragan.

    “Xabaringiz bor, 2021-yil 1-dekabrda davlat tashkilotlarida ochiqlik, oshkoralik siyosati to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilingan. Farmonda aniq ko‘rsatib qo‘yilganidek mahalliy kengash sessiyalari majburiy tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirga uzatib borilishi kerak. Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hisobotida ham e’lon qilingan. Kuni kecha o‘tgan 29-sessiyamizga qaytadigan bo‘lsak (mazkur sessiyada jonli efir qilinmayotganini tanqid qilgan deputat sessiyadan chiqarib yuborilgandi) prezident farmonida aytilgan sanadan boshlab o‘tkazilgan so‘nggi to‘rtta sessiya ham amalda belgilangan tartibda o‘tkazilmadi. Ommaviy axborot vositalari vakillari chaqirilgan bo‘lsa ham, ular rasmiy ravishda taklif qilinmadi. Bundan tashqari o‘zimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham jonli efirlar tashkil qilinmadi. Bunga sabab deputatlarimizning ichki senzurasi yuqori ekanligi desam mubolag‘a bo‘lmaydi”, — deydi deputat “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

    Deputat xalq vakillari xalqdan hech qanday gapni yashirmasligi kerak degan fikrni aytmoqda.

    “O‘zimiz xalq vakili bo‘la turib, xalqdan nimani yashiramiz, hayronman. Deputatlar joylarda ishlamaydi, xalqni qabul qilmaydi, muammolarga befarq deb xalq ko‘p e’tiroz bildiradi. Albatta, bular haqli e’tiroz. Chunki biz o‘zimizning qilayotgan ishlarimizni yorita olmaymiz. Bizda matbuot xizmatning o‘zi yo‘q. Aslida ishlamagan odam bahona qidirsa topaveradi. Xalq bizga ishonch bildirib deputatlikka sayladimi, ishonchni oqlashimiz va qilayotgan ishlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, yoritib borishimiz kerak”, — deydi suhbatdosh.

    Jahongir Jiyanovning aytishicha, o‘sha kungi sessiya kun tartibida beshta masala bo‘lgan. Ammo raislik etuvchi oltinchi masalani tasdiqlatishga uringan.

    “29-sessiyaning kun tartibida beshta masala bor edi. Ushbu masalalar qonuniy tartibda deputatlarga yetti kun oldin taqdim qilingandi. Lekin sessiya mobaynida oltinchi masala ham o‘rtaga qo‘yildi. Ammo bu bo‘yicha deputatlarga qonunga muvofiq tarzda biror hujjat berilmadi. Sessiya raisi esa masalani ovozga qo‘yib, tasdiqlatishga urindi. Masala birinchi martada yetarli ovoz ololmagach, yana bir bor ovozga qo‘yildi. Bu esa umuman sessiya o‘tkazish tartibiga zid. Vaholanki, bir marta ovozga qo‘yilganda tasdiqlanmagan masala ikkinchi marta qo‘yilmaydi. Ammo rais masala tasdiqlanmaguncha ovoz berishni to‘xtatmadi. Buni biz mutlaqo qonun buzilishi deb bilamiz”, — deydi deputat suhbatdosh.

    Deputatning aniqlik kiritishicha, sessiyaga raislik qiluvchi Shahobiddin Haydarov sessiya kun tartibiga oltinchi masala sifatida shahar hokimi Bahrom Haydarovning deputatlik daxlsizligini bekor qilishni so‘rab, deputatlarga yuzlangan.

    “Prezidentimiz minbarlarda turib ochiqlik, oshkoralik haqida ko‘p gapiradi. Ammo Andijon shahri deputatlari jamoatchilikdan qochadi. Nega deputat o‘zi saylagan xalqqa hisobot bermaydi? Nega jurnalist, blogerlarning savollariga javob bermaydi? Nega sessiyada imi-jimida masalani tasdiqlatishga urinishadi?”, — deydi Jahongir Jiyanov.

    Jiyanovning aytishicha, avvalgi sessiyalarda ham deputatlarning telefonlarni olib qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

    “O‘tgan galgi sessiyalarda ham telefonlarni olib qo‘yish kabi ayrim taqiqlar qo‘yilgandi. Bu holatlar juda ko‘p kuzatilgan. Tegishli tashkilotlar bunga izoh bergan. Ammo Senat negadir e’tiborsiz qoldirmoqda. So‘nggi sessiya ham noqonuniy tarzda o‘tkazildi. Jumladan, sessiya tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilinmadi. Aksincha, oltinchi masala o‘qib eshittirildi. Shunday bo‘lsa ham bu mavzu bo‘yicha mana uch kundirki deputatlarning qo‘liga biror ma’lumot yoki hujjatlar taqdim etilmadi. Nimani, nega yashirishayotgani esa bizga qorong‘u?”, — deydi deputat.

    Mavzuga doir: Daxlsizligidan mahrum bo‘lgan deputat hokimlik va prokuratura bosim o‘tkazayotganini aytmoqda. Andijon shahar hokimi esa sessiyadagi holat deputatning obro‘sini saqlash maqsadida qilinganini bildirdi 

    01.06.2022, 18:45   Izoh (0)   37845
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlarda o‘zboshimchalik bilan inshootlar qurganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

    01.06.2022, 18:13

    O‘zbekistonda may oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    01.06.2022, 17:42

    Toshkentdagi hukumat mehmonxonasi qariyb 79 mlrd so‘mga sotildi

    01.06.2022, 17:11

    Sabzavotlar narxi tushdi, donli ekinlar qimmatladi. O‘zbekistonda may oyida narxlar qanday o‘zgardi?

    01.06.2022, 16:57

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga sakkizinchi kun pastladi

    01.06.2022, 16:27

    Samarqandda er aliment sabab yuzaga kelgan janjalda xotinini pichoqlab o‘ldirdi

    01.06.2022, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.