• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining yig‘ilishida tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, yig‘ilish Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida videoanjuman shaklida o‘tgan. Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) huzuridagi kuzatuvchi mamlakat — Kuba prezidenti Migel Bermudes va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ham qatnashgan.

    Yig‘ilish kun tartibidan YOII makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, shu jumladan iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport va boshqa yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni mustahkamlash masalalari o‘rin oldi. Shavkat Mirziyoyev nutqining avvalida Qirg‘iziston YOIIga raislikni faol amalga oshirayotgani, bu tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etgan. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan pandemiyaning salbiy oqibatlari yumshatilgani hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikda ijobiy sur’at ta’minlanayotgani ta’kidlangan.

    Prezident O‘zbekiston va YOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni davom ettirish va sertifikatlashtirishni o‘zaro tan olishga chaqirgan. Bu tovarlarning bozorlarimizga kirib borishini ancha soddalashtirishga xizmat qiladi. Birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali agrosanoat kooperatsiyasini kengaytirish alohida dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Bu boradagi natijadorlikni oshirish maqsadida hududlararo aloqalarni faollashtirishni nazarda tutadigan Agrokooperatsiya dasturini ishlab chiqish taklif qilingan.

    O‘zbekiston yetakchisi muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda Janub va Sharq yo‘nalishida transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash zarurligiga e’tiborni qaratgan. Shu munosabat bilan Osiyo—Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temir yo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirishni tez fursatda boshlash muhim ekani ta’kidlangan. Termiz shahridan Pokistonning Peshovar shahrigacha Janubiy Osiyo va uning ikki milliard nafar iste’molchiga ega bozoriga chiqish uchun eng qisqa yo‘lni ta’minlaydigan transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorlik bildirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqtisodiy taraqqiyotning tabiiy drayveriga aylanishi lozim bo‘lgan turizm sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi yo‘lovchi transporti qatnovini to‘liq hajmda tiklash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat rahbari O‘zbekistonda YOII mamlakatlarining yetakchi kompaniyalari ishtirokida Turizm industriyasini rivojlantirish forumini o‘tkazish taklifini ilgari surgan.

    Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqining yakunida O‘zbekistonning mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash va farovonligini yuksaltirish maqsadida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va ko‘p qirrali sheriklikni izchil mustahkamlashga intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqlagan.

    “TASS”ning xabar berishicha, O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi maqomida sheriklik munosabatlarini rivojlantirish tarafdori. Mirziyoyev yig‘ilishdagi nutqida bu haqda alohida to‘xtalib o‘tgan.

    “O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida ittifoq bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda davom etadi. Bu biz uchun juda muhim, chunki YOII mamlakatlari bizning asosiy hamkorlarimiz hisoblanadi

    Mamlakatning tashkilot bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlamoqchiman. Ishonchim komilki, bugungi uchrashuv natijalari ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash, YOII mamlakatlarida barqaror iqtisodiy rivojlanishning va O‘zbekistonda farovonlikning o‘sishiga xizmat qiladi”, — degan prezident.

    Avvalroq O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanayotgani, O‘zbekiston YOIIning iqlim, raqamlashtirish va logistika loyihalariga qo‘shilmoqchi ekani xabar qilingandi.

    Mavzuga doir: 

    • “Hozirda O‘zbekiston uchun YOIIga a’zo bo‘lish foydasiz” — JIDU professori
    • “YOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotini rus monopollari qamrab olishiga yo‘l ochadi” — iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat
    • O‘zbekiston YOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni oshirishga tayyor

    27.05.2022, 19:10   Izoh (0)   6729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Veterinariya qo‘mitasida ehtimoliy korrupsion holatlar o‘rganilmoqda — Namanganda qoramol uchun ajratilgan 400 million so‘m subsidiyani noqonuniy o‘zlashtirish bo‘...

    27.05.2022, 18:57

    Namanganda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari kuni ro‘y bergan YTHda 7-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

    27.05.2022, 18:18

    O‘zbekistonda aprel oyida “dostavka” xizmatining narxlari oshdi

    27.05.2022, 17:23

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun pastladi

    27.05.2022, 16:58

    O‘zbekistonda elektr energiyasining 200 kilovattdan ortgan qismi uchun 7,5 ming so‘mdan to‘lovlar undirilishi rad etildi

    27.05.2022, 16:34

    Daxlsizligidan mahrum etilib, 5 yilga qamalgan andijonlik deputat qurgan binolar buzib tashlanmoqda

    27.05.2022, 16:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.