Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,10 so‘mga pastlab, 11 034,15 so‘mni tashkil qildi. Yevro 8,58 so‘mga tushib, 11 824,20 so‘m bo‘ldi. Rubl 11,78 so‘mga pastlab, 164,87 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun pastlab, 11 045, 25 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)