Dunyodagi eng yirik mehmonxona operatori Accor kompaniyasi O‘zbekistonda ish boshlamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mercure Tashkent deb nomlanadigan mehmonxona 2021-yil mart oyidan beri faoliyat yuritayotgan Lumiyere Hotel & SPA mehmonxonasi o‘rnida ochiladi.
Mamlakatdagi birinchi mehmonxonani ochish uchun Mercure brendini tanlaganimiz bejiz emas. Bu xorijlik mehmonlarga Toshkent ruhini ochib berishning eng yaxshi usuli, — deydi Accor New East Europe bosh direktori Aleksis Delaroff.
Mehmonxonaning ochilishi 2022-yilning yoziga mo‘ljallangan.
Accor — dunyodagi eng yirik xalqaro mehmonxona operatori. Kompaniya 1967 yilda tashkil etilgan. 110 ta mamlakatda 5300 ta mehmonxona va 10 000 ta restoran, kafe va barlarni birlashtiradi.
Lumiyere Hotel & SPA Tashkent — 2021-yil bahorida ochilgan Toshkentdagi mehmonxona. Muassislar orasida Xasan va Xusan Mamasaidovlar bor.
Izoh (0)