Aprel oyida O‘zbekiston 91,1 million dollarga avtomobillarni import qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Taqqoslash uchun, yanvarda avtomobillar importi 65,7 million, fevralda 58,8 million, martda 64,8 million dollarni tashkil qilgan.
Natijada yil boshidan buyon avtomobillar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar oshgan.
Importning o‘sishini fevral oyida yengil avtomobillar, mart oyida esa SUV va gibrid avtomobillar importi uchun bojxona stavkalari pasaytirilgani bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, elektromobillar uchun nol bojxona stavkasi belgilangan.
Avvalroq O‘zbekistonda oyiga nechta “inomarka” sotilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)