Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) soliq maqsadlarida ochiqlik va axborot almashinuvi bo‘yicha Global forumiga qo‘shildi. Bu haqda OECD matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Forumning 164-a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvining xalqaro miqyosda kelishilgan standartlarini joriy etish orqali soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish majburiyatini oladi.

O‘zbekistonni a’zo sifatida qutlashdan xursandmiz. Forum a’zolarining muntazam ravishda kengaytirilishi xalqaro hamjamiyat uchun soliq shaffofligi muhimligini va hukumatlarning soliq to‘lashdan qochishning oldini olish va kurashish uchun birlashishga qaror qilishini ta’kidlaydi, — dedi Global forum raisi Mariya Xose Gard.

Global forumning maqsadi shaffoflik va axborot almashinuvining xalqaro standartlarini joriy etishdan iborat. U G20 ning barcha mamlakatlari, OECD a’zolari, barcha xalqaro moliya markazlari va ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlardan iborat.

Avvalroq O‘zbekistonda aprel—may oylarida 202 ta maktabda PISA tadqiqotining tajriba-sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda