Mir-Akbar Rahmonqulov prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari tegishli farmonni imzoladi.
Mir-Akbar Rahmonqulov tayinlovga qadar O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)