• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chorsudagi yettita gumbazning tarixiy qiymatiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” — Madaniy meros agentligi

    Toshkentdagi Chorsu bozorida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari natijasida uchta gumbazdan biri buzib tashlanishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Madaniy meros agentligining ma’lum qilishicha, bozorda o‘tkazilayotgan rekonstruksiya ishlarining madaniy meros obyektlariga ta’siri va hududni davlat himoyasiga olish yuzasidan Ilmiy ekspert kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tgan.

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Madaniy meros agentligi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan bozor hududida tashkil etilgan sayyor majlisda mutaxassislar, arxeolog olimlar va OAV vakillari ishtirok etgan va jamoatchilikka tegishlicha ma’lumot berilgan.

    Ma’lumot uchun, Chorsu dehqon bozori Toshkent shahri Olmazor tumani, Navoiy ko‘chasida — Toshkentning eski shahar qismida joylashgan. Bozor milodiy XI—XII asrlardan mavjud bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘lining muhim qismlaridan biri hisoblangan. Uning hududida bir nechta madaniy qatlam mavjud bo‘lib, ushbu qatlamlarning tarixiy ahamiyatini o‘rganish uchun arxeologik ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Foto: Madaniy meros agentligi

    “Chorsu dehqon bozori shubhasiz madaniy meros obyekti, ammo bu o‘rinda uning aynan qaysi hududlari tarixiy ahamiyat kasb etishini ko‘rib chiqish kerak. Xususan, bozorning TIM qismi, tarixiy darvozasi bir qator rassomlarning asarlarida tasvirlangan. Shuningdek, nafaqat bozordagi, balki uning atrofidagi ba’zi binolar ham madaniy meros obyekti sifatida ko‘rib chiqilmoqda”, — “Moziydan sado” jurnali bosh muharriri, Ilmiy ekspert kengashi a’zosi Zafar Hakimov.

    Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati muassasasi bosh arxitektori, arxitektor Muhammad Foziliyning so‘zlariga ko‘ra, Chorsu dehqon bozoridagi yettita gumbaz madaniy meros obyekti sifatida baholanadi. Aynan shu sababga ko‘ra Madaniy meros agentligi tomonidan bozorni rekonstruksiya qilish bo‘yicha birinchi loyiha rad etilgan. Agentlik ushbu gumbazlarning tarixiy ahamiyati saqlanib qolishi lozimligini qat’iy prinsip asosida talab qiladi.

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Ilmiy ekspert kengashi raisi Tursunali Qo‘ziyevning ta’kidlashicha, Chorsu dehqon bozori savdo hududi bo‘lib, bugungi kunga kelib unda zamonaviy talablar asosida infrastruktura va qulaylik yaratish zaruriyati yuzaga kelgan. Ayni vaqtda gumbazlar ostidagi savdo rastalaridagi holat sanitariya talablariga to‘liq javob bermaydi. Yoritish, tozalik, havo tozaligi, texnik va yong‘in xavfsizligi masalalarida muammolar mavjud.

    “Chorsu dehqon bozoridagi yettita gumbaz Toshkent shahrining ramzlaridan biriga aylangan. Shu sababli, xorijlik va mahalliy sayyohlar bu yerni ko‘rishni va savdo qilishni istashadi. Bozorning talabgirligini oshirish va unda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun rekonstruksiya qilishga ehtiyoj yuzaga kelgan. Ammo bu ishlarning barchasi Madaniy meros agentligi nazorati va ruxsati asosida amalga oshiriladi”, — deydi u.

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Qo‘ziyevga ko‘ra, rekonstruksiya davomida yettita gumbazning tarixiy qiymatiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. “Gumbazlarga qo‘shimcha jihozlar o‘rnatish, uning ustini qoplash, naqshlarini o‘zgartirish, zamonaviy bezak kiritish — barcha ishlar faqatgina Madaniy meros agentligi ruxsati asosida amalga oshirilishi mumkin”, — deya qayd etgan Ilmiy ekspert kengashi raisi.

    Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida Toshkent shahridagi “Koinot” (Kosmonavtlar) majmuasida Vladimir Janibekov haykali atrofidagi granit plitalar ko‘chirib tashlangani haqida xabar tarqalgandi. Shundan so‘ng Madaniy meros agentligi hududning demontaj ishlari ruxsatsiz boshlanganini aniqlagan edi. Agentlik tomonidan maydonni rekonstruksiya qilayotgan Mimar Group kompaniyasi ogohlantirildi va jarayon to‘xtatildi. 15-fevral kuni esa Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ilmiy-ekspert kengashida ma’qullangandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
    • “Hamma narsa joyida turibdi”. Ichan-qal’ada soxtaligi aytilgan 101 ta eksponat haqida (video)
     

    06.05.2022, 09:40   Izoh (0)   10252
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent—Shahrisabz—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    06.05.2022, 09:11

    Namanganda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    06.05.2022, 08:42

    O‘zbekiston avtomobil sanoatida eksport kamayib, import va ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi

    06.05.2022, 08:24

    O‘zbekistonda “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasiga asos solindi

    06.05.2022, 07:52

    Musobaqa g‘olibiga bepul Haj yo‘llanmasi, O‘zbekistonni to‘liq radiolashtirish vazifasi, yolg‘on ma’lumot uchun ikki yilga kesilgan mudir. O‘zbek matbuoti 6-mayda

    06.05.2022, 07:30

    Xivadagi tarixiy obidalarda nega termitlar ko‘paymoqda? Mutaxassis bilan suhbat (video)

    06.05.2022, 07:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.