Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Mirziyoyev surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqaldi. O‘zbekiston Markaziy banki holatga munosabat bildirib, prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi.
“Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini bildiramiz”, — deyiladi munosabatda.
Avvalroq Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 20 raqami tushirilgan banknota pul belgisi hisoblanmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)