• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda endi nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin

    “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

    Qonunga ko‘ra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi. Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 million so‘mgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

    Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar — islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.

    Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1 yilgacha) mikroqarzlar (50 million so‘mgacha) beradi.

    Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli hisoblanmaydi. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.

    Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma qabul qilingani Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.

    Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev 2021-yilning boshlarida O‘zbekistonda islomiy moliya konsepsiyasini o‘z ichiga olgan qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. Bunday taklifni prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga qilgan Murojaatnomasida aytib o‘tgan. Davlat rahbari Markaziy bankka moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, shuningdek, islomiy moliya mexanizmlarini joriy etish maqsadida huquqiy asos yaratish uchun 1-fevralgacha nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.

    2021-yilning sentabr oyi boshlarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda islom banki va moliyasi uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish bo‘yicha Islom taraqqiyot banki bilan grant bitimi imzolanganini, uning natijasida O‘zbekistonda islom moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish imkoni yaratilishini ma’lum qilgandi.

    Islom banki shariat tamoyillariga mos keladigan moliyaviy faoliyatdir. Islom bankining asosiy xarakteristikasi bu kredit miqdori va muddatiga qarab hisoblangan foizlar yoki stavkalarni olishni taqiqlash hisoblanadi. Ushbu taqiq musulmonlarning ijtimoiy adolat va tenglik to‘g‘risidagi qonunlari bilan izohlanadi.

    Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2021-yil oktabr oyida Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida islom moliyasining huquqiy asoslari qachon yaratilishi va tijorat banklarida islom moliyasi darchalari qachon ish boshlashi haqidagi savolga javob bergandi. Uning aytishicha, mamlakatda islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar boshlangan. 14 bankda islom moliyasi darchalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Bunda islom moliyasi asosida kredit, depozitlar amalga oshiriladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda islom moliyasi va bankini joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi

    21.04.2022, 23:11   Izoh (0)   30452
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda endi yo‘qotilgan buyumlarni onlayn topish mumkin bo‘ladi

    21.04.2022, 22:46

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” mavzesiga tashrif buyurdi

    21.04.2022, 22:37

    Toshkentda erkak o‘zini 9-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi

    21.04.2022, 22:20

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ma’lum qilindi

    21.04.2022, 22:10

    Shavkat Mirziyoyev Kosondagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi

    21.04.2022, 21:31

    O‘zbekistonda Prezident maktablariga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

    21.04.2022, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.