So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Mamarizo Nurmurodov O‘zbekistondagi tijorat banklarida islom moliyasi darchalari qachon ish boshlashini ma’lum qildi

    26.10.2021, 23:13 15982

    Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida islom moliyasining huquqiy asoslari qachon yaratilishi va tijorat banklarida islom moliyasi darchalari qachon ish boshlashi haqidagi savolga javob berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bizda islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar boshlangan. 14 bankda islom moliyasi darchalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Ya’ni bunda islom moliyasi asosida kredit, depozitlar amalga oshiriladi”, — deya uning so‘zlarini keltirgan O‘zA.

    Markaziy bank raisining ta’kidlashicha, islom moliyasining ma’lum talabi bor.

    “Aytaylik, men sizga islom tamoyillari asosida kredit berishim uchun sizga o‘sha beradigan resursni ham islom tamoyillari asosida jalb qilishim kerak. Ya’ni men foizga depozit jalb qilib, sizga islom tamoyillari asosida kredit bersam, siz olmasligingiz kerak. Chunki depozit jalb qilish ham islom tamoyiliga javob bermaydi. Bu borada biz, eng avvalo, islom moliyasi bo‘yicha savodxonlikni oshirish bo‘yicha ma’lum bir ishlarni amalga oshirishimiz kerak.

    Islom moliyasini keng amalga oshirishga moliya kredit tashkilotlariga qonun doirasida ruxsat beryapmiz. Bunda, albatta, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ustida ishlayapmiz. Yana bir narsani ta’kidlash o‘rinli, islom moliyasini rivojlantirish uchun fatvo beradigan musulmon idorasi ham kerak ekan”, — degan Mamarizo Nurmurodov.

    Markaziy bank raisining bildirishicha, bu bitta qaror bilan hal bo‘ladigan narsa emas, barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlarini yaratib, bu narsaga erishish mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev 2021-yilning boshlarida O‘zbekistonda islomiy moliya konsepsiyasini o‘z ichiga olgan qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. Bunday taklifni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga qilgan Murojaatnomasida aytib o‘tgan. Davlat rahbari Markaziy bankka moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, shuningdek, islomiy moliya mexanizmlarini joriy etish maqsadida huquqiy asos yaratish uchun 1-fevralgacha nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.

    2021-yilning sentabr oyi boshlarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda islom banki va moliyasi uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish bo‘yicha Islom taraqqiyot banki bilan grant bitimi imzolanganini, uning natijasida O‘zbekistonda islom moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish imkoni yaratilishini ma’lum qilgandi.

    Islom banki shariat tamoyillariga mos keladigan moliyaviy faoliyatdir. Islom bankining asosiy xarakteristikasi bu kredit miqdori va muddatiga qarab hisoblangan foizlar yoki stavkalarni olishni taqiqlash hisoblanadi. Ushbu taqiq musulmonlarning ijtimoiy adolat va tenglik to‘g‘risidagi qonunlari bilan izohlanadi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlar joriy etiladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    Bugun, 00:34

    APL. “Tottenhem” 2 kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Liverpul”ni yengdi, “Arsenal” raqibini tor-mor etdi, Manchester klublarida mag‘lubiyat (video)

    Bugun, 00:21

    Bundesliga. “Bavariya” safarda “Leypsig” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 23:45

    La Liga. “Real” safarda “Jirona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Kecha, 23:26

    Andijonda Matiz yonib ketdi (video)

    Kecha, 22:46

    O‘zbekistonda bir oyda davlat xaridlarini amalga oshirishda 15 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi

    Kecha, 21:52

    Toshkentda daraxt kesgan erkak 11 mln so‘m jarimaga tortildi

    Kecha, 20:40

    Sergelidagi portlash sodir bo‘lgan omborda kimyoviy vositalar saqlangani aytilmoqda

    Kecha, 20:17

    Turkmanistonda 10 mlrd dollarlik qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda

    Kecha, 20:00

    UzCarlsberg ikki yildan beri World Drinks Awards medallarini qo‘lga kiritib kelmoqda

    Kecha, 19:30
    Reklama

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Toshkentda 15 yoshli qiz vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini ma’lum qildi

    15:00 / 30.09.2023

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh miqdori 4 ming dollar bo‘lgan soha haqida ma’lumot berildi

    19:00 / 30.09.2023

    Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 43 yoshida vafot etdi

    15:00 / 30.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    00:00 / 30.09.2023

    Sergelidagi favqulodda hodisadan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 

    10:00 / 30.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.