Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” mavzesi uylarini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda 2022—2026-yillarda 120 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, mahalla idorasi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sport majmuasi, istirohat bog‘i va stadion kabi turli ijtimoiy obyektlar barpo etiladi.
Joriy yilda 616 ta xonadonli 30 ta uy-joy qurilishi boshlangan. Davlat rahbari uylarni sifatli qurish, odamlar uchun hamyonbop qilish muhimligini ta’kidlagan. Shu yerning o‘zida viloyatda ichimlik suvi ta’minoti va oqova tarmog‘ini yaxshilash borasidagi rejalar haqida ma’lumot berilgan.
Izoh (0)