• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Fransiya Rossiya gaziga muhtoj emas” — Makron

    Yevropa Rossiya gaziga bog‘liq, biroq Fransiya unga muhtoj emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron France 5 telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozadi Le Parisien.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Biz uni (gazni — tahr.) boshqa joydan sotib olish uchun barcha harakatlarni amalga oshiryapmiz. Fransiya unga muhtoj emas”, — deydi Makron.

    Makronning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani Ukrainadagi harbiy operatsiyalarni to‘xtatishga majburlash uchun “barcha ishni” qilish zarur, jumladan, Rossiyaga neftiga embargo joriy etishni ham.

    O‘tgan dam olish kunlari Fransiya prezidenti mamlakatda gaz, neft va ko‘mir narxining pasaytirilishiga mas’ul bo‘ladigan energetik rejalashtirish vazirini tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.

    Aprel boshlarida Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha Rossiyaga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini ma’qullagandi. Yangi sanksiyalar Rossiya ko‘mirining importiga to‘liq embargo qo‘yish, shuningdek, Rossiyaga qurol yetkazib berish va Rossiya yog‘ochlarining importini taqiqlashni o‘z ichiga oldi.

    Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar Rossiyadan qazib olinadigan yoqilg‘ilar importini to‘liq taqiqlamaydi, biroq Yevropa Ittifoqi rasmiylari, agar Moskva keskinlashishda davom etsa, ushbu chora qo‘llanishi mumkinligini aytgan.

    Keyinroq Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi ustida ish boshlagani, u neft bilan bog‘liq cheklovlarni o‘z ichiga olishini ma’lum qilgan. Neft embargosi bundan oldingi beshinchi cheklovlar paketidan o‘rin olmagandi, biroq Bryussel mazkur sektorga sanksiyalar qo‘llashni muhokama qilishi haqida ogohlantirgan edi. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyenning ma’lum qilishicha, muhokamada Rossiya nefti importida soliq solish yoki eskrou-hisoblar kabi “alohida to‘lov kanallari”ga oid g‘oyalar inobatga olinadi.

    Mavzuga doir: 

    • Putin Rossiya iqtisodiyoti barqarorlashganini ma’lum qildi
    • Estoniya, Belgiya va Bolgariya Rossiya kemalari uchun o‘z portlarini yopdi
    Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni Vladimir Putin Rossiya gaz borasidagi hisob-kitoblarni rublda amalga oshirishini ma’lum qildi. U hukumat, Markaziy bank va “Gazprom”ga oy oxiriga qadar to‘lov valyutalarini o‘zgartirish bo‘yicha hisobot taqdim etishni buyurgan.

    Yevropa davlatlari to‘lov shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayenning fikricha, gaz uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish — Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishga bo‘lgan urinishidir. “Katta yettilik” davlatlari Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashni rad etgan. “To‘lovni rublda qilish nomaqbul harakat va biz manfaatdor kompaniyalarni Putinning ushbu talablarini bajarmaslikka chaqiramiz”, — deydi Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek.

    19.04.2022, 11:10   Izoh (0)   18782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurollar sinovini taqiqlamoqda

    19.04.2022, 10:32

    Turkiya xalqaro xavfsizlik tizimini isloh qilish taklifi bilan chiqdi

    19.04.2022, 10:08

    Putin 64-motoo‘qchi brigadasiga gvardiya faxriy maqomini berdi. Ukraina hukumati ushbu harbiy bo‘linmaning Bucha bosqinida ishtirok etganini bildirgandi

    19.04.2022, 09:40

    Medvedchuk Putin va Zelenskiyga murojaat qilib, uni Mariupoldagi aholi va harbiy xizmatchilarga almashtirishni so‘radi

    19.04.2022, 09:10

    “Rossiya qo‘shinlari Donbassni egallash uchun hujum qilishni boshladi” — Zelenskiy

    19.04.2022, 08:54

    Shri-Lanka bosh vaziri muxolifat talabiga ko‘ra mamlakatda konstitutsion islohotlar o‘tkazilishiga rozilik berdi

    19.04.2022, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20

    Xitoyda osma ko‘prik uzilib, odamlar daryoga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 8 avgust, 08:55

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42

    Isroil Livanga raketalar uchirdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 8 avgust, 08:37

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.