Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyud Chavusho‘g‘lu xalqaro xavfsizlik tizimini isloh qilishga chaqirdi, deb xabar beradi Haberler nashri.
Turkiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro bunga zarurat borligini ko‘rsatmoqda.
“Biz buni Ukraina misolida ko‘ryapmiz, koronavirus pandemiyasi misolida ham ko‘rdik. Xalqaro xavfsizlik tizimi, BMT tizimi mojarolarni, murakkab masalalarni hal etishga qodir emas”, — deya Chavusho‘g‘lu tizim islohotlarga muhtojligini qo‘shimcha qilgan.
Shu bilan birga uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara “qo‘l qovushtirib, u qachon amalga oshishini” kutib o‘tirmoqchi emas. TIV rahbarining aytishicha, Turkiya barcha qo‘shnilarining hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi.
“Turkiya pozitsiyasi adolatli va muvozanatli yondashuvga asoslangan”, — deydi Mavlut Chavusho‘g‘lu.
Izoh (0)