Toshkent shahar Chilonzor tumani Diydor ko‘chasidagi “Dubai” restorani kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha, restoran inventar, jihoz, uskunalar va asosiy vositalar bilan sotiladi. 2017-yilda qurilgan ushbu restoran 26 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,18 gektar. Binoning maydoni — 2145 kvadrat metr. Restoranda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan restoranning boshlang‘ich bahosi — 27,6 mlrd so‘m. Arizalar 29-aprel 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 5,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)