Daryo

Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 5,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

Lot izohida yozilishicha, xonadonda fuqarolar istiqomat qiladi

1 daqiqa o‘qish37 140 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “E-auksion.uz”

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: “E-auksion.uz”

Lot auksionga fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Yakkasaroy tumani MIB tomonidan joylashtirilgan. 2015-yilda qurilgan 3 qavatli uy 7 xonadan iborat. 

Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,04 gektar. Binoning maydoni — 505 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud. 

Lot izohida yozilishicha, xonadonda fuqarolar istiqomat qiladi.

Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 5,2 mlrd so‘m. Arizalar 10-may 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Toshkentda MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan hovli boshlang‘ich bahosidan ikki barobar arzonga sotilgani haqida xabar qilingan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar