Farg‘ona viloyati Quvasoy tumanida 18-aprel kuni 2 ballik (8 kilometr) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 20:52 da qayd etilgan. Yer silkinishlari episentri Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri. Zilzila koordinatalari: 40,45 gradus shimoliy kenglik; 71,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,4 ni, chuqurligi 15 kilometrni tashkil etgan. Zilzila episentri Toshkentdan 250 kilometr janubi-sharqda.
Izoh (0)